O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi qaroriga ko‘ra, Baxtiyor Shuhratovich Mahkamov Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
B. Mahkamov shu vaqtga qadar, Elektromagnit moslashuv markazi - “EMMM” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.