Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo‘shma dasturni yo‘lga qo‘yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi. TATU va “Xinyada” kompaniyasi o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.
☑️Ma’lumot uchun:
“Xinyada” kompaniyasi BYD va Xiaomi gigant kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkil etishda qatnashgan axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.