
Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Ikki universitet o‘rtasida imzolagangan hamkorlik shartnomasi doirasida energetika va axborot-texnologiyalari sohasida qo‘shma loyihalar tashkil etish bo‘yicha ilmiy hodimlar hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
📁 Ma’lumot uchun: Xitoyning Karamay shahridagi Pekin neft universiteti xalqaro QS reytingi bo‘yicha dunyoning TOP-640 universitetlari qatoridan joy olgan.