TATUga “VRonica” kompaniyasi asoschisi hamda “East Games” kompaniyasining rivojlantirish bo‘yicha direktori Akmal Salixov tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • TATUga “VRonica” kompaniyasi asoschisi hamda “East Games” kompaniyasining rivojlantirish bo‘yicha direktori Akmal Salixov tashrif buyurdi.

✅ Bugun, 19-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “VRonica” kompaniyasi asoschisi hamda “East Games” kompaniyasining rivojlantirish bo‘yicha direktori Akmal Salixov tashrif buyurdi.

💬 Tashrif davomida virtual va to‘ldirilgan reallik, kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish yo‘nalishlarida TATU bilan hamkorlik qilish, talabalarni kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha loyihalarga jalb qilish, talabalar o‘rtasida musobaqalar va olimpiadalar tashkil qilish, ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish hamda ish bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi.