TATUga Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan “Bilkent CYBERPARK” bosh direktori Faruk Inaltekin tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • TATUga Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan “Bilkent CYBERPARK” bosh direktori Faruk Inaltekin tashrif buyurdi.

💬 Mazkur uchrashuvda “Bilkent CYBERPARK” va TATU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, universitetda “Bilkent CYBERPARK” namunasi asosida akademik hamda start-up  spin-off kompaniya tashkil etish, suni’iy intellektga asoslangan Mia tillarni o‘qitish platformasi ( Mia language acquisition platform)ni joriy etish kabi masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvdan so‘ng, universitetda tashkil etilgan ilmiy laboratoriyalar hamda inkubatsion markazga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek,  joriy yilning 24–26-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Uzbekistan-Türkiye Business Forum” doirasida Turkiya OTMlar hamda IT kompaniyalari bilan Universitetga tashrif buyurishi va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.