TATUga Turkiya Respublikasining Ankara Boyazid Yildirim universiteti rektori Prof. Dr. Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • TATUga Turkiya Respublikasining Ankara Boyazid Yildirim universiteti rektori Prof. Dr. Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Turkiya Respublikasining Ankara Boyazid Yildirim universiteti rektori Prof. Dr. Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

✅ Tashrif davomida ikki univeristet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, akademik mobillilik hamda ilmiy yo‘nalishlarda birgalikda ishlashga kelishib olindi.

🗒 Ma’lumot uchun: Anqara Yildirim Beyazit universiteti 2010-yilda Anqaradagi keng qamrovli davlat universiteti sifatida tashkil etilgan. Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakultetining tibbiyot, muhandislik va tabiiy fanlar, arxitektura, aeronavtika va astronavtika, siyosiy fanlar, biznes boshqaruvi va psixologiya bo‘limining ilmiy daraja dasturlari ingliz tilida o‘qitiladi. Ushhbu universitet Western Asia 2024 - Yevropa universitetlari reytingida 58 o‘rinni egallagan.