Joriy yilning 3-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Musa Riskulbekov nomidagi Qirgʻiziston iqtisodiyot universiteti (KEU)ning 24 kishidan iborat talabalar va ularning koordinatorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
💬 Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida ta’lim integratsiyasi bilan bog‘liq hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, buxgalteriya hisobi bo‘yicha talabalar ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari, shuningdek, mamlakatning anʼanalari va madaniyati bilan yaqindan tanishish, zarur koʻnikma va bilimlarni shakllantirish va tajriba almashish kabi qator ishlar amalga oshiriladi.
🗒 Ma’lumot uchun: Musa Riskulbekov nomidagi Qirgʻiziston Iqtisodiyot universiteti (KEU) 1997 yilda tashkil topgan va rivojlanayotgan yillar davomida taʼlim xizmatlari bozorida sifat standarti va yosh iqtisodchi kadrlarning haqiqiy ustuni hisoblanadi.
2015 yilda universitet “Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va sifatni boshqarishning yuqori samarali usullarini joriy etish sohasida sezilarli natijalarga erishgan” nominatsiyasi bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining Sifat mukofoti laureatiga ega bo‘lgan.