TATUga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • TATUga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda Sun’iy intellekt sohasida malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida  malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

🙋 Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktablari, ilmiy laboratoriyalar, inkubatsiya va media markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🗒Ma’lumot uchun: Hamad bin Halifa universiteti (HBKU) Qatardagi yetakchi davlat universitetlaridan biri bo‘lib, 2010-yilda “Qatar Foundation” tomonidan tashkil etilgan. Dunyoning eng kuchli universitetlar bo‘yicha QS World University Rankings reytingida 183-o‘rinni egallagan.