TATUga "Oʻzbektelekom" AK boshqaruv raisi Xasanov Nazirjon Nabijanovich hamda O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • TATUga "Oʻzbektelekom" AK boshqaruv raisi Xasanov Nazirjon Nabijanovich hamda O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li tashrif buyurdi.

✅ Bugun, 8-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga  "Oʻzbektelekom" AK boshqaruv raisi Xasanov Nazirjon Nabijanovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o‘g‘li tashrif buyurdi.

💬 Tashrif davomida universitetda "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda "Muhandislik maktabi"ni tashkil etish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

🗒 Xususan, universitet hududida "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining o‘quv laboratoriya xonalarini tashkil etilishi jarayonlari ko‘zdan kechirildi, ishlab chiqarish bilan o‘qish tizimini integratsiyalashni yangi bosqichga olib chiqish, ikki fakultet talabalarini rejalashtirilgan muhandislik maktabida tayyorlash masalalari muhokama etildi.