TATUda "Zakovat" intellektual o'yinlarining navbatdagi turniri o'tkazildi.

  • Asosiy
  • TATUda "Zakovat" intellektual o'yinlarining navbatdagi turniri o'tkazildi.

1992 yil 2 mart O'zbekiston Respublikasi BMT ga a'zo bo'lgan kunga bag'ishlab O'zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang'ich tashkiloti Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti faollari hamda Universitetimiz ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan birgalikda 2016 yil 2 mart kuni soat 09:00 da universitet kutubxonasida fakultet talabalari o'rtasida "Zakovat" intelektual turniri o'tkazildi. Ushbu turnirda fakultetning faol talaba-yoshlaridan tarkib topgan 6 ta jamoa ishtirok etdi.

Ushbu "Zakovat" turniri qiziqarli savollarga boy bo'ldi. Turnir ikki bosqichda tashkil etilib jami 30 ta savol o'ynaldi. Turnirda 1-o'rinni Telekommunikasiya texnologiyalari fakultetining "Total" jamoasi, 2-o'rinni "Zukkolar" jamoasi, 3-o'rinni "Volf" jamoasi egalladi. G'olib bo'lgan jamoalarga boshlang'ich tashkilot tomonidan "Kamolot ko'chma kubogi" hamda diplomlar topshirildi.

TATUda "Zakovat" intellektual o'yinlarining navbatdagi turniri o'tkazildi.

 

TATUda "Zakovat" intellektual o'yinlarining navbatdagi turniri o'tkazildi.

 

TATU "Kamolot" YoIH boshlang'ich tashkiloti