Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining vakillari va Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar xodimlari bilan birgalikda tashkil etildi.
✍️Tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad — aholini va xususan, universitet jamoasini yong‘in xavfsizligiga oid qoidalariga qat’iy rioya qilishga undashdir. Shuningdek, Talabalar turar joylari va ijara xonadonlarda yashovchi talabalarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavsumiy favqulodda vaziyatlarni oldini olish va undan himoyalanishga o‘rgatishdan iboratdir.