TATUDA YIL SARHISOBIGA BAG'ISHLANGAN NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

  • Asosiy
  • TATUDA YIL SARHISOBIGA BAG'ISHLANGAN NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
TATUDA YIL SARHISOBIGA BAG'ISHLANGAN NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
💻Bugun, 22 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta majlislar zalida TATU Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda universitetning 5 ta hududiy filiallari ham onlayn ishtirok etdilar. ✅Kengashda kun tartibi bo'yicha quyidagi masalalar ko'rildi: 🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo'llagan murojaatnomasining tahlili 🟢Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik 🟢O‘zR AT va KRV hamda O‘zRO va O‘MTV buyruq va farmoyishlari, topshiriq xatlarining bajarilishi 🟢TATU ARMning o‘quv materiallari bilan ta'minlanganlik holati 🟢Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti 🟢2022-2023 o‘quv yili kuzgi semestrining natijalariga ko‘ra fakultet va kafedralarda ijro intizomi holati 🟢Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limining 2022 yil hisoboti (erishilgan natijalar, yutuqlar) va turli masalalar.