Joriy yilning 11-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aholining kayfiyatini ko‘tarish, ularda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, o‘zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yana-da kuchaytirishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir TATU hamda Toshkent shahri Yunusobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda "Xiyobontepa" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida tashkil etildi.
Tadbirda madaniyat va sanʼat xodimlari, keng jamoatchilik, universitet xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - aholini yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni aholi orasida targ‘ib qilishdir.
Taklif etilgan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ruhiga yana-da fayz qo‘shdi.
TATU matbuot xizmati