TATUda Yandex Uzbekistan’dan Dev Dasturxon

  • Asosiy
  • TATUda Yandex Uzbekistan’dan Dev Dasturxon

26-sentabr kuni universitetimizda Yandex Uzbekistan’dan Dev Dasturxon mitapi bo‘lib o‘tadi. Dasturlash va texnologiyalarga qiziqadigan talabalarimizni tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Kun davomida mutaxassislarning texnik ma’ruzalarini tinglash bilan birga, amaliy topshiriqlarni bajarib o‘zingizni sinab ko‘rishingiz, shuningdek, Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tash va karyera boshlash yo‘llari haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.

Mitapda nimalar bo‘ladi:
— Yandex Uzbekistan’dagi dasturiy ta’minot ishlab chiqish va muhandislik masalalari haqida texnik ma’ruzalar;
— amaliy Dev Case — real vazifalarni tahlil qilish va yechim izlash;
— Code Battle;
— rezyumelarni tahlil qilishga bag‘ishlangan CV Workshop;
— Yandex Uzbekistan rekruterlari va xodimlari bilan Career Speed Dating;
— barcha mitap ishtirokchilari uchun ochiq networking, merch va yeguliklar.



Asosiy dasturdan so‘ng sizni kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot kutadi.

📅 26-sentabr, 12:00
📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
🗣 Asosiy tillar: o‘zbek va ingliz
🎟 Ishtirok etish: bepul

Tadbir faqat IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yoki dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida ilk qadamlarini qo‘yayotgan va yirik texnologik kompaniyada ish qanday tashkil etilganini bilishni istaydigan TATU talabalari uchun mo‘ljallangan.

Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun 22-sentabrgacha ro‘yxatdan o‘tish va elektron pochta orqali tasdiq xatini olish kerak.

➡️ Dasturxonga bormoqchiman