
Tadbirda Yandex kompaniyasining mobil ilovalar ishlab chiqish jamoasi rahbari Gennadiy Yevstratov va “Mohirdev” o‘quv markazi ML muhandisi Abduaziz Abdurahmonov o‘z chiqishlari bilan Sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy misollar bilan ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Yandex — texnologik xizmatlar va sun’iy intellekt sohasida yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, O‘zbekistonda ham faoliyat yuritmoqda. Mohirdev esa dasturlash va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida amaliy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi onlayn o‘quv platformasi sanaladi.