TATUda xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi.

  • Asosiy
  • TATUda xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida
“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi.

🗣 Tanlovning maqsadi:
⏺ Xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
⏺ O‘zbek tilining xalqaro nufuzini yuksaltirish;
⏺Do‘stlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish.

💬 Tanlov shartlari:
⏺Tanishtiruv – har bir ishtirokchi oʻzi haqida video rolik tayyorlaydi.
⏺ O‘zbek tiliga oid mavzuda esse yozish.

❗️Bosqichlar:
⏺ Universitet bosqichi: 29-sentabr – 8-oktabr;
⏺ Saralash (masofaviy): 8-oktabr – 11-oktabr;
⏺ Respublika bosqichi (Toshkent shahri): 14-oktabr – 15-oktabr.

🏆 Mukofotlar:
Universitet bosqichi g‘oliblari — Respublika bosqichiga yoʻllanma va estalik sovg‘alar.
Respublika bosqichi:
🥇1-o‘rin — I darajali diplom, BHM 40 baravar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari
🥈2-o‘rin — II darajali diplom, BHM 30 baravar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari
🥉3-o‘rin — III darajali diplom, BHM 20 baravar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari
🎁 Ishtirokchilar — esdalik sovg‘alari

Barchani tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
👉Roʻyhatdan oʻtish uchun: @sob1rova24

📍Roʻyhatdan oʻtgan barcha ishtirokchilarni 4-oktabr, soat 11:00 da universitetimizning Ma’naviyat va ma’rifat markazi yigʻilish zalida kutib qolamiz.