TATUda xavfsizlik bo‘yicha trening o‘tkazildi!

  • Asosiy
  • TATUda xavfsizlik bo‘yicha trening o‘tkazildi!

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 1-bosqich talabalariga yonğın, texnika xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda (zilzila, yong‘in, is gazi) to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha Yunusobod tumani FVB xodimlari hamkorligida trening va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

✅Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va o‘zini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.