TATUda xalqaro vebinar boʻlib oʻtdi

  • Asosiy
  • TATUda xalqaro vebinar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 17-iyun kuni TATU dotsenti T. Xo‘jaqulov tomonidan TATU hamda TATUda Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda   xalqaro onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinar Zoom platformasida tashkil etilib, unda  Oracle Academyʻning Rossiya va MDH mamlakatlaridagi vakili Yulya Sokolova, TATU professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Vebinar rus tilida olib borildi.

Vebinarda IT yoʻnalishlari boʻyicha yangi dasturiy mahsulotlar, ulardan foydalanish imkoniyatlari, eng soʻnggi texnologiyalar, Cloudʻdan foydalanish va Oracle Academyʻsi yangiliklari,  LMS tizimi onlayn darslar,  ulardan foydalanish, roʻyxatdan oʻtish va boshqa qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, vebinar ishtirokchilariga xalqaro sertifikat berish ko‘zda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, TATUda Oracle Akademiyasi ochilgan boʻlib, Akademiyada maʼlumotlar bazalari, dasturlash texnologiyalari, BIG DATA texnologiyalaridan foydalanish, tarmoqlarda ishlash, maʼlumotlar bazalari xavfsizligi boʻyicha bir nechta kurslar mavjud.

Oracle Academy - Oracle kompaniyasining taʼlim tashabbusi boʻlib, maktab, kollej va universitet talabalariga axborot texnologiyalarini uzluksiz oʻqitish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etishga moʻljallangan.

Har yili Oracle Academy kurslari 35dan ziyod mamlakatlarida 120 milliondan ortiq oʻquvchilar tomonidan oʻtkaziladi.

Oracle Academy dasturlari yoshlarga zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga tayyorgarlik koʻrishga yordam beradi.

TATU matbuot xizmati