![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
23-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hong Kong Science and Technology Parks Corporation (HKSTP) vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida HKSTP CEO Kinson Chan, Chief Technology Officer Dr. Wu Jun, Senior Manager, Regional Partnerships and Channel Development Ankit Sethi hamda tashkilotning boshqa vakillari universitet faoliyati va zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlarga universitetning Fab Lab hududi, Media markazi, ARM axborot resurs markazi hamda maxsus laboratoriyalari faoliyati va imkoniyatlari namoyish etildi.
Uchrashuv davomida TATU va HKSTP o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, universitet hududida qo‘shma laboratoriya tashkil etish, xalqaro mutaxassislarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish hamda PhD talabalari uchun xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim va ilmiy faoliyatni xalqaro innovatsion ekotizim bilan integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.



