![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
2026-yil 22-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Coursera platformasining Buyuk Britaniyadagi bosh ofisi vakillari bilan hamkorlikda muhim seminar tashkil etildi.
Seminar davomida universitetimizning professor-o‘qituvchilari uchun Coursera platformasida zamonaviy talablar asosida onlayn kurslar yaratish, ularni global auditoriyaga taqdim etish va xalqaro ta’lim standartlariga mos kontent ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda:
🔹 raqamli ta’limning dolzarb yo‘nalishlari
🔹 onlayn kurslarni loyihalash metodikasi
🔹 xalqaro platformalarda ta’lim eksporti imkoniyatlari
🔹 professor-o‘qituvchilarning global ta’lim tizimidagi o‘rni kabi muhim mavzular atroflicha yoritildi.
Shuningdek, TATU professor-o‘qituvchilariga Coursera platformasida mustaqil kurslar yaratish, ularni modernizatsiya qilish hamda kurslarni xalqaro darajada yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish va o‘qituvchilarning professional salohiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
TATU — global ta’lim makoniga yo‘l ochmoqda!





