


TATUda xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy stajirovka davom etmoqda
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti pedagogik hamkorlik va innovatsiyalar yo‘nalishida jahonning qator oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
🎓 Jumladan, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining 2-bosqich magistratura talabalari 2026-yil 22-martdan 6-aprelga qadar TATUda ilmiy-amaliy stajirovkani muvaffaqiyatli o‘tamoqdalar.
✅ Magistrantlar amaliyot davomida universitetning zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv va tajriba laboratoriyalari, media markazi, kutubxona hamda boshqa imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
📚 Shuningdek, ular uchun “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi hamda universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
❗️ Mazkur stajirovka xalqaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.