TATUda xalqaro ekspert ishtirokida akkreditatsiya va ta’lim sifati bo‘yicha seminar tashkil etildi

  • Asosiy
  • TATUda xalqaro ekspert ishtirokida akkreditatsiya va ta’lim sifati bo‘yicha seminar tashkil etildi




 Joriy yilning 10-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Malayziyaning Universiti Pendidikan Sultan Idris professori, Dr. Che Zalina Zulkifli ishtirokida professor-o‘qituvchilar hamda akkreditatsiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ekspertlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Seminar davomida oliy ta’lim muassasalarida akkreditatsiyaning ahamiyati, ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro va milliy akkreditatsiya tizimlarining o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, ta’lim sifatini boshqarish va baholash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

🔹 Tadbirda ta’lim dasturlarini baholash, o‘z-o‘zini baholash hisobotlarini tayyorlash, manfaatdor tomonlarni jalb etish, ichki sifat kafolati tizimini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalarida sifat madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🔹 Seminar ishtirokchilari akkreditatsiya jarayonlarida uchraydigan amaliy masalalar bo‘yicha fikr almashib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro tajribalar va ilg‘or amaliyotlar yuzasidan savollariga javob oldilar.

Mazkur seminar professor-o‘qituvchilar va ekspertlarning akkreditatsiya hamda ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, universitetda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga xizmat qildi.