TATUda ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATUda ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet jamoasining fidoyi va zahmatkash ustoz-murabbiylariga chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik izhor etildi. Ustozlarning yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va zamonaviy bilimlar ruhida tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi.

Bayram tadbirida yurtimizda xizmat ko‘rsatgan san’atkorlar chiqishlaei ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, tadbir dasturidan TATU QVZ terma jamoasi — “STATUS”, talabalar tomonidan ijro etilgan raqs va qo‘shiqlar, musiqiy chiqishlar, qiziqarli konkurslar hamda lotereya o‘yinlari o‘rin oldi.

Bayramona dastur va sovg‘alar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, universitet jamoasiga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarning bilim va tajribangiz, mehringiz va fidokorona mehnatingiz kelajak avlod kamoloti hamda yurtimiz taraqqiyotining muhim poydevoridir.

Barchangizni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!