💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan ustoz-shogird an’analari va milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan tarix hamda bugun va kelajakni bir davrada jam qilgan Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
📚 Yoshi ulug‘ ustozlarimizning hayotiy va kasbiy faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklari, ilm yo‘lidagi mashaqqatlarini, hurmat-ehtiromga ega bo‘lishlari uchun qanday yo‘llarni bosib o‘tganliklari haqida so‘z bordi.
3