TATUda tyutorlar uchun 1 oylik o‘quv kurslari davom etmoqda.

  • Asosiy
  • TATUda tyutorlar uchun 1 oylik o‘quv kurslari davom etmoqda.

📍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat olib borayotgan tyutorlarning bilim saviyasi va malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslarni tashkil etish dasturi doirasida tyutorlar uchun tashkil etilgan o'quv-seminarining yigirma ikkinchi kunida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” va "Islom - maʼrifat va ezgulik dini" mavzularida o'quv kurslari davom ettirildi.

✨Shuningdek, universitet profilaktika inspektorlari ham o‘zining ma’ruzasida Huquqiy profilaktikaga doir atamalar, ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati, terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.