Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor H.A. Muxitdinovning talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Ushbu an’ana davomi sifatida 22 sentyabr kuni rektorning Kompyuter injinering fakulteti 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi. Muloqot doirasida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, o‘qish jarayoni, talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari va tartibi, talabaning odob-axloq qoidalari bilan tanishtirildi. Talabalarning fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. O‘z navbatida rektor talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi va "talaba” degan nomga sazovor bo‘lganliklari bilan tabriklab, ularga o‘qishlarida omadlar tiladi.