💬 Ushbu seminar-treningda O‘zbekistondagi yetakchi OTMlaridan 30dan ortiq olimlar ishtirok etishdi hamda zamonaviy texnologiyalarni turli sohalarga joriy etish, IT texnologiyalarini qo‘llash, sun’iy intellektdan muvafaqqiyatli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
🤖 Shuningdek, Sun’iy intellekt kafedrasi professor-oqituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar, amalga oshirilayotgan ilmiy va startap loyihalar taqdimot qilinib, kafedra salohiyati namoyish etildi.
📊 Universitetda Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini xalqaro darajaga yetkazish, yetakchi Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va Sun’iy intellekt sohasi fanlari uchun o‘quv metodikasini ishlab chiqish yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda.