10 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatini oshirish va kasalliklarning oldini olish borasidaRespublikahamda Toshkent shahar Salomatlik va tibbiy statistika institutlari xodimlari ishtirokida "Gripp kasalligi va uning oldini olish”mavzusida davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Salomatlik va tibbiy statistika instituti shifokor-maslahatchisi R.T.Yerimbetova, xamshira M.F. Ismoilxodjaeva, Toshkent shahar Salomatlik va tibbiy statistika instituti uslubchi shifokori Sh.X.Siddiqovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ma’ruza davomida talabalarga gripp kasalligi va uning oldini olish, kasallikning yuqish yo‘llari va alomatlari, uning kechishi haqida atroflicha ma’lumot berildi.