TATU’da startap va sun’iy intellektga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATU’da startap va sun’iy intellektga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 7-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘z g‘oyangizni muvaffaqiyatli startapga aylantirmoqchimisiz?” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbir Dasturiy injiniring fakulteti hamda UIC Group kompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda UIC Group kompaniyasi va “AI Business Assistant” startapi asoschisi Murodxo‘ja Muratov ma’ruza qildi.

 Tadbir davomida talabalarga:
• startap tushunchasi va uning oddiy biznesdan farqi;
• sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish;
• g‘oyadan loyiha konsepsiyasigacha bo‘lgan bosqichlar;
• prototip yaratishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, savol-javoblarda faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Seminar talabalar uchun startap sohasida dastlabki qadamlarni qo‘yish, innovatsion fikrlash va amaliy bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.