TATUda startap loyihalarining dastlabki saralash bosqichi o‘tkazildi

  • Asosiy
  • TATUda startap loyihalarining dastlabki saralash bosqichi o‘tkazildi

 


🚀 TATUda startap loyihalarining dastlabki saralash bosqichi o‘tkazildi

🏛 2026-yil 13–14-oktabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida jamoaviy startap loyihalari tanlovining dastlabki saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

💡 Ishtirokchilar o‘zlarining istiqbolli startap g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan loyihalarini taqdim etdilar.

📊 Taqdimotlar davomida loyihalarning dolzarbligi, innovatsion yechimlari, amaliy ahamiyati va rivojlantirish istiqbollari baholandi.

🎯 Tanlov yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda istiqbolli texnologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.