TATUDA SOVRIN MIQDORI 60 000 000 SOʻM BOʻLGAN “IT MARAFON – 2021”GA START BERILDI!

  • Asosiy
  • TATUDA SOVRIN MIQDORI 60 000 000 SOʻM BOʻLGAN “IT MARAFON – 2021”GA START BERILDI!

Joriy yilning 1-dekabridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan yurtimizdagi maktab oʻquvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlarimiz uchun “IT MARAFON-2021” tanlovi tashkil etilmoqda.

Dasturlash boʻyicha IT MARAFON – bu dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli masalalarni ishlashi va oʻziga berilgan virtual masofani bosib oʻtishlari kerak boʻladi.

Ushbu marafon uch bosqichda boʻlib oʻtadi:

Birinchi bosqich – 45 kunlik dasturlash boʻyicha bilimlarni oshirish jarayoni. Bunda TATU professor-oʻqituvchilari tomonidan barcha ishtirokchilarga tanlovga qoʻyiladigan masalalarni yechish boʻyicha kerakli tushuncha va yoʻriqnomalar beriladi. 45 kunlik marafonning intensiv darslari bepul online olib boriladi. Marafon natijalari yuqori boʻlgan ishtirokchilar sovrinli bosqichlar yaʼni ikkinchi va uchinchi bosqichga yoʻllanma oladilar.

Ikkinchi bosqich – qatnashchilar orasida faqat TATU yoki filiallarining birinchi bosqich talabalari qatnashib sovringa ega boʻladilar va ikkinchi bosqich 2021-yilning yanvar oyi oxirida TATU va filiallari miqyosida oʻtkaziladi.

Uchinchi bosqich – 15-30 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasidan tuzilgan jamoalar oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Ushbu bosqichda mamlakatimizning barcha yoshlari jamoa (3 kishilik) koʻrinishida qatnashishlari mumkin. Uchinchi bosqich 2021-yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida oʻtkaziladi.

“IT MARAFON-2021” dasturlash musobaqasining barcha gʻoliblari jami 60 000 000 soʻm sovrin jamgʻarmasiga ega boʻlishadi.

Dasturlash marafonida 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Marafonda C++, C#, Java, Python va boshqa dasturlash tillaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Maʼlumot uchun: robocontest.uz saytida sport dasturlash boʻyicha oʻzbek tilida kurslar mavjud.

Roʻyxatdan oʻtish: robocontest.uz/register

Batafsil: https://bit.ly/IT-MARAFON2021

Ishtirokchilarda marafon boʻyicha qoʻshimcha savollar boʻlsa telegram orqali @robocontest_chat ga murojaat qilishlari mumkin.