Muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimovning Mustaqilligimizning 24 yillik bayramiga bag'ishlangan tantanada so'zlagan ma'ruzasi o'zining mazmun-mohiyatiga ko'ra barcha yurtdoshlarimizda chuqur tassurot qoldirib, Vatanimiz bilan faxrlanib, g'ururlanib yashashga undaydi. Ayniqsa, oliy o'quv yurtlarida an'anaga aylanib ulgurgan, har o'quv yili boshida o'tkaziladigan Mustaqillik darslari ham ana shu ezgu maqsadlarimiz ro'yobi yo'lida yaxshi amaliy qadamdir. Buning ulkan ahamiyati shundaki, halqimizning mustaqillikka erishish yo'li - dastlabki yillar, shu vaqtgacha bosib o'tilgan davrga qarab amalga oshirilgan ishlarimizni sarhisob qilib, kelajakka qarab intilish, mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash borasidagi maqsadlarimizni yana bir bor belgilab olamiz.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda soha korxonalari rahbarlari ishtirokida mustaqillik darslari tashkil etilmoqda. 3 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari A.Fayzullaev, O'zbektelekom AK bosh direktori o'rinbosari J.Maqsudov, Respublika teleradiouzatish markazi texnik direktori A.Arifbaev, Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi direktori Z.Raxmatullaev, ushbu markaz bo'lim boshlig'i L.Bo'ronov, universitet rektori H.Muxitdinovlar ishtirokida mustaqillik darslari o'tkazildi.
Mustaqillik darslari davomida muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari va rahnamoligida o'tkazilgan tizimli islohotlar, yaratilgan mukammal qonunchilik bazasi, aloqa va telekommunikatsiya sohasida olib borilgan texnologik modernizatsiya ishlari tufayli mamlakatimizda zamonaviy axborot infratuzilmasi barpo etilib, hozirda uning rivojlanib, takomilga erishib borish jarayoni kuzatilayotganligi, bugun va axborotlashtirish hamjamiyatida nufuzli o'rin egallaganligi ta'kidlandi.