
Marosimda Toshkentdagi "Rossotrudnichestvo" vakolatxonasi koordinatori Irina Vladimirovna Suljina ishtirok etib, tashkilotchilarni tabrikladi va markazga esdalik adabiyotlarni topshirdi.
Markaz faoliyati rus tilini chet tili sifatida o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lib, qatnashuvchilar:
🔵rus tili grammatikasining asosiy tushunchalarini egallashlari;
🔵 og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishlari;
🔵 matnlarni rus tiliga tarjima qilish (fakultativ);
🔵 rus madaniyati, adabiyot va kinosiga yaqinlashish (fakultativ) imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🔺Markazda zamonaviy o‘qitish tizimi, individual yondashuv va barcha darajadagi o‘quvchilar uchun rus tilini oʻrgatish metodikasi mavjud.
✅Mashg‘ulotlar belgilangan jadval asosida olib boriladi.
💡Talabalar uchun bu markaz nafaqat yangi bilim, balki bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun ham ajoyib imkoniyatdir!