


TATUda RUR World University Rankings vakili bilan uçraşuv bölib ötdi
🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetiga RUR World University Rankings reyting taşkilotining Reytinglar va tahlillar böyiça direktori Oleg Solovev taşrif buyurdi.
🔺 Taşrif davomida mehmon universitetning ta’lim va ilmiy faoliyati, öquv dasturlari hamda infratuzilmasi bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, TATUning xalqaro reytinglardagi natijalari va erişilgan körsatkiçlari yuzasidan ma’lumot berildi.
🔺 Uçraşuvda RUR reyting tizimidagi kutilayotgan özgarişlar, universitetlarni baholaş mezonlari hamda xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erişiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔺 Muloqot davomida xalqaro reytinglar bilan işlaşda tizimli yondaşuv, ma’lumotlar işonçliligi va universitet faoliyati körsatkiçlarini töğri aks ettiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uçraşuv yakunida RUR bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, xalqaro tajribani örganiş va universitetning global reytinglardagi natijalarini yanada yaxşilaş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
TATU xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlaş va ta’lim sifatini oşiriş yölidagi faoliyatini izçil davom ettiradi.