TATUda “Ruhiy zoʻravonlik va emotsional manipulatsiya” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

  • Asosiy
  • TATUda “Ruhiy zoʻravonlik va emotsional manipulatsiya” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkazilgan seminarda talabalar ruhiy zo‘ravonlik va emotsional bosimning turlari, ularning oqibatlari hamda himoyalanish yo‘llari bilan tanishtirildi.

💠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassisi tomonidan ishtirokchilarga yordam soʻrash yoʻllari, ishonchli tashkilotlar bilan bogʻlanish, shaxsiy chegaralarni belgilash va o‘zini himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

➡️ Seminar savol-javoblar va hayotiy misollar bilan interaktiv tarzda o‘tkazildi.

✈️@tuituz_official