2 sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida universitet rektori H.A. Muxitdinov boshchiligida "Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. O‘tkazilgan ushbu mustaqillik darsida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, ayniqsa, aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlar, ushbu sohada kelajakda amalga oshirilishi belgilangan rejalar haqida talabalarga tushuncha berildi.
Shu bilan birga, universitetda 3-4 sentyabr kunlari O‘zbekiston respubyulikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda sohadagi korxonalar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan holda mustaqillik darslarini o‘tkazish belgilangan.