👥 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining raisi - I. Abdullayev,
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari - R. Karimjonov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori - B. Maxkamovlar boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
💬 Davra suhbatida «Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar bandligini ta’minlashning dolzarb masalalari», «IT sohasiga kadrlar tayyorlashda uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida uzviylikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar», «IT mehnat bozori talablari asosida zamonaviy bilim
va ko‘nikmalarni shakllantirish» kabi mavzular muhokama qilindi.