Tadbir juda quvnoq va ijodiy muhitda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarining ajoyib hazil-mutoyibalari bilan barcha tomoshabinlarni quvontirdilar.
Finalda quyidagi jamoalar g‘olib bo‘lishdi:
🏆 1-o‘rin: Kiberxavfsizlik fakultetidan Smile hub jamoasi
🥈 2-o‘rin: Iqtisodiyot va menejment fakultetining Dream-team jamoasi
🥉 3-o‘rin: Telekomunikatsiya texnologiyalari fakultetining Pozitiv jamoasi
Barcha jamoalar o‘zining ajoyib va kreativ chiqishlari bilan katta taassurot qoldirishdi, tomoshabinlar esa musobaqaning har bir lavhasidan bahramand bo‘lishdi. Tadbir davomida yengil va quvnoq muhitda, har bir qatnashchi o‘zining eng yaxshi tomoni bilan chiqishga harakat qildi. Bu yilgi final ham ancha yuqori kayfiyatda yakunlandi.