TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI

  • Asosiy
  • TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI

Har bir millat o‘ziga xos an’ana va qadriyatlari bilan ajralib turadi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda vujudga kelgan.

Ana shunday an’ana va qadriyatlarimizni yanada ulug‘lash, ularni o‘sib kelayotgan avlodlarga yetkazib berish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 9 aprel kuni "Qadriyatlar etadi davom...!” mavzusida talaba-yoshlar sayili o‘tkazildi.

Universitetda "Yoshlar bog‘i” nomida tashkil etilgan maydon respublikamiz barcha viloyatlarining milliy kashtachilik, zardo‘zchilik, xunarmandchilik namunalari hamda milliy taomlari namunalari bilan bezatildi.

Sayil davomida universitetdagi 6 ta fakultetning chiqishlari "Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrochisi”, "Eng jozibali milliy raqs ijrochisi”, milliy urf-odatlar aks ettirilgan "Eng yaxshi sahna ko‘rinishi”, "Eng yaxshi Navro‘z dasturxoni”, "Eng yaxshi bezakli amaliy san’at namunalari”, "Eng yaxshi tayyorlangan palov”, "Eng yaxshi tayyorlangan palov” ,"Eng uyushgan jamoa”, "Eng yorqin milliy liboslar namoyishi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar. Bu yildagi sayilning yangiligi shundaki, milliy qadriyatlar aks ettirilgan sayt va dasturiy ishlanmalar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, talabalar "Eng yaxshi milliy qadriyatlar aks ettirilgan sayt” va "Eng yaxshi milliy kadoriyatlar aks ettirilgan dasturiy ishlanma” nominatsiyalari bilan ham taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad: talaba-yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda hozirgi kunga qadar ota-bobolarimizdan yoshlarimizga meros bo‘lib kelayotgan urf-odat, qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylashda o‘z hissasini qo‘shib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan yoshlarimizni taqdirlashdan iboratdir.

 

TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI

 

TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI

 

TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI

 

TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI

 

TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI

 

TATUda “QADRIYATLAR ETADI DAVOM...!” TALABA-YOSHLAR SAYILI