

TATUDA PROKURATURA XODIMLARI UÇUN AXBOROT XAVFSIZLIGI BÖYIÇA KURS YAKUNLANDI!
⏺ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining axborot xavfsizligi böyiça mas’ul xodimlari uçun taşkil etilgan 30 soatlik malaka oşiriş kursi muvaffaqiyatli yakunladi.
📚 Kiberxavfsizlik fakultetining professor-öqituvçilari tomonidan olib borilgan maşğulotlar quyidagi yönalişlarni qamrab oldi:
🔺 Tarmoq xavfsizligi;
🔺 Kriptografiya;
🔺 Axloqiy xakerlik.
💻 Nazariy bilimlar amaliy maşğulotlar bilan mustahkamlanib, tinglovçilar zamonaviy kibertahdidlarni aniqlaş, axborot tizimlarini himoyalaş hamda zaifliklarni tahlil qiliş böyiça amaliy könikmalarini oşirdilar.
✔️ Kurs yakunida iştirokçilarga tegişli sertifikatlar topşirildi.
🤝Mazkur taşabbus davlat organlarida axborot xavfsizligini ta’minlaş va kiberxavfsizlik yönalişida malakali mutaxasislar salohiyatini oşirişga hizmat qiladi.