20 iyul kuni Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini
oshirish bo‘yicha TATU va Janubiy Koreyaning Sungshil universiteti bilan
tuzilgan Memorandumga asosan, universitetga tashrif buyurgan 3 nafar
professorlar: Yu Kvang Bok, Li Kang Hi va Cho Munlar boshchiligida 4 iyul kuni
boshlangan malaka oshirish kursining birinchi moduli yakunlandi. Ikki haftalik
trening kurslarida ishtirok etgan TATU va uni hududiy filiallarining 30 nafar
o‘qituvchilari kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlar bilan
taqdirlandilar.Hamkorlik
doirasidagi ushbu trening kursining ikkinchi moduli 20 iyuldan boshlandi. Ushbu
kursda ham 30 nafar o‘qituvchilarning malaka oshirishi ko‘zda tutilgan
Ma’lumot
uchun keltirib o‘tamiz: ushbu trening kurslari to‘liq ingliz tilida jahon
standartlariga mos ravishda olib borilmoqda. Ikkinchi modul darslari
joriy yilning 28 iyuliga qadar davom etadi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2013 yil 26
martdagi PQ-1942-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator xorijiy
oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Janubiy Koreyaning KAIST, Inxa, Kung-Xi,
Chung-Ang, Seultex Sungshil va Seul milliy universitetlari bilan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi
haqida avvalroq ma’lumot berib o‘tilgan edi.