TATUda “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan armrestling musobaqasi bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATUda “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan armrestling musobaqasi bo‘lib o‘tdi

TATUda “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan armrestling musobaqasi bo‘lib o‘tdi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

💪 Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat.

🥇 Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy kuchi, mahorati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Musobaqa yoshlar o‘rtasida do‘stona raqobat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

⚖️ Musobaqa 60 kg, 70 kg, 90 kg va 90 kg dan yuqori vazn toifalarida tashkil etildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar medal, kubok, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Yoshlar — kuch, g‘ayrat va kelajak bunyodkorlari!

🇺🇿 TATU Yoshlar ittifoqi jamoasi