TATUda o‘zida bir qancha sport turlarini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasida endilikda faqat qizlar va ayollar uchun maxsus fitnes zallari ochilishi rejalashtirilmoqda.

  • Asosiy
  • TATUda o‘zida bir qancha sport turlarini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasida endilikda faqat qizlar va ayollar uchun maxsus fitnes zallari ochilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu yangi imkoniyat ayollarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hamda ular uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan. Zallar zamonaviy trenajyorlar bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda har kim o‘ziga mos fitnes dasturini mustaqil ravishda bajara oladi. O‘quvchilar va xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, muntazam jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar mavjud.