


TATUda “Open Days” tadbiri o‘tkazildi
8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yoshlarni IT sohasiga jalb etish va ta’lim imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Open Days” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Respublika televideniye va radio texnikumi o‘quvchilari ishtirok etib, universitetning:
• bakalavriat yo‘nalishlari;
• ilmiy va innovatsion loyihalari;
• zamonaviy laboratoriyalari va IT markazlari;
• xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ayniqsa, sun’iy intellekt, Drone Racing, ICPC tayyorgarlik xonasi, VR va 3D modellashtirish laboratoriyalari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida ochiq muloqot va savol-javob sessiyalari o‘tkazilib, ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
“Open Days” — yoshlarni zamonaviy texnologiyalar sari ilhomlantiruvchi muhim platforma!