2026-yil 12-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oliygohlar — startaplar generatori” mavzusida startap ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilib, talaba-yoshlar o‘rtasida startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi imkoniyatlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Tadbir doirasida universitetda faoliyat yuritayotgan startap laboratoriyalari, innovatsion ishlanmalar va talabalar loyihalari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda talaba va yosh tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan istiqbolli texnologik yechimlar namoyish etiladi.
Shuningdek, tadbirning muhim qismi sifatida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tadi. Unda davlat idoralari vakillari, soha mutaxassislari hamda yosh startapchilar ishtirok etib, quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
• oliy ta’lim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirish
• talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash
• startap loyihalarni investitsiyalar bilan ta’minlash
Tadbir davomida istiqbolli startap loyihalar pitching (taqdimot) formatida taqdim etilib, ekspertlar va ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinadi.
Manzil: TATU, A bino, faollar zali
Barcha talabalar, yosh tadqiqotchilar va startap g‘oyalariga qiziquvchilarni ushbu tadbirga taklif etamiz! Tez orada tadbir vaqtini e’lon qilamiz, bizni kuzatib boring!