TATUda “Oliygoh kubogi” ixtirochilik tanlovi o‘tkaziladi

  • Asosiy
  • TATUda “Oliygoh kubogi” ixtirochilik tanlovi o‘tkaziladi

Tez kunlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sun’iy intellekt, robototexnika, dron texnologiyalari, kiberxavfsizlik kabi yo‘nalishlarda “Oliygoh kubogi” ixtirochilik tanlovi bo‘lib o‘tadi.

 Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi — 100 million so‘mdan ortiq.

 Tanlovning asosiy maqsadi:
• yoshlarning ilmiy-texnik va muhandislik salohiyatini aniqlash va rivojlantirish;
• iqtidorli yoshlarni innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni yaratishga rag‘batlantirish;
• sun’iy intellekt, robototexnika, dron texnologiyalari va kiberxavfsizlik kabi ilg‘or yo‘nalishlarda yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash;
• yoshlarni respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlov hamda musobaqalarga tayyorlash.

 Tanlov g‘oliblari aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.

 Tanlov shartlari va ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun TATUning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring.