TATUda Nemis tili markazi (Deutsches Sprachenzentrum)ning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • TATUda Nemis tili markazi (Deutsches Sprachenzentrum)ning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

🗒Unda Vazirlar mahkamasi mas’ul hodimlari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari Matthias Klingenberg, Christian Hiris, Kukmin universiteti vitse-prezidenti professor Kim Byoung Jun va Klagenfurt universiteti professori Jean Chamberlain Chedjou ishtirok etdilar.

🏛Universitetda mazkur til markazining tashkil etilishi, TATU talabalari uchun Germaniya tilini chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratish bilan bir qatorda, dual ta’lim dasturlari asosida Germaniyaning ilg‘or kompaniyalarida amaliyot o‘tash, xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar sifatida shakllanishi imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda Germaniyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini yaratadi.

✅Markaz faoliyati davomida Germaniya elchixonasi, GOETHE, DAAD va boshqa xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda nemis tili o‘qituvchilarini jalb etish, bu orqali talabalarga zamonaviy va xalqaro metodikalarga asoslangan ta’lim berish imkoniyati yaratiladi.