
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Ushbu “Muhandislik oyligi” doirasida “Oliygoh kubogi” musobaqasining yakuniy bosqichi va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✅ Unda sun’iy intellekt, robototexnika, dron texnologiyalari, kiberxavfsizlik, dasturiy mahsulotlar, kompyuter o‘yinlari va ta’lim texnologiyalari yo‘nalishlaridagi talabalar va tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar namoyish qilindi.
❕Sovrin jamg‘armasi 150 million so‘m “Oliygoh kubogi” musobaqasining final bosqichida esa eng yaxshi deb topilgan startap loyihalar hakamlar hay’ati tomonidan saralandi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari va rivojlanish uchun grantlar bilan taqdirlandi.