TATUda kvant texnologiyalariga bag‘ishlangan onlayn seminar-trening o‘tkazildi

  • Asosiy
  • TATUda kvant texnologiyalariga bag‘ishlangan onlayn seminar-trening o‘tkazildi

 

 

 

 

TATUda kvant texnologiyalariga bag‘ishlangan onlayn seminar-trening o‘tkazildi

9-aprel kuni Belarus davlat aloqa akademiyasi bilan hamkorlikda onlayn seminar-trening va muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv kvant tasodifiy sonlar generatori qurilmasini o‘rganishga bag‘ishlanib, unda Kiberxavfsizlik fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilar faol ishtirok etdilar.

Seminar davomida:
• kvant tasodifiy sonlar generatorining ishlash prinsipi
• portativ generatorlar (shovqin diodi asosida)
• kvant kriptografiya va maxfiy kalit uzatish
• BB84 protokoli asosida kalit shakllantirish kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy kiberxavfsizlik yechimlari yuzasidan fikr almashdilar.

Ushbu seminar kvant texnologiyalari yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy-amaliy bilimlarni rivojlantirishga xizmat qildi.