TATUda Kiberxavfsizlik yo‘nalishini rivojlantirishda Ispaniyaning CyberGamp kompaniyasi bilan seminar

  • Asosiy
  • TATUda Kiberxavfsizlik yo‘nalishini rivojlantirishda Ispaniyaning CyberGamp kompaniyasi bilan seminar

 

 

02 aprel kuni “Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi mudiri Sherzod Rajaboevich G‘ulomov tomonidan Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan CyberGamp kompaniyasining bosh direktori Anvar Kuchkartayev ishtirokida onlayn seminar amalga oshirildi. Seminarda Axborot xavfsizligi fakulteti professor-oq’ituvchilari qatnashdi va kelgusida quyidagi masalalar ustida ish olib borilishi rejalashtirildi:

  1. O‘zbekiston Respublikasida Kiberxavfsizlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan yoki amalga oshirishi kutilayotgan loyihalarda CyberGamp kompaniyasining hissa qo‘shishi.
  2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va ilg‘or texnologiya shirkatlari o‘rtasida (IBM, Microsoft, Amazon, Google) hamkorlikni amalga oshirishda ko‘maklashish.
  3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Ispaniyadagi mavjud Kiberxavfsizlik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan universitetlari o‘rtasida hamkorligni yo‘lga qo‘yish.
  4. CyberGamp kompaniyasi tomonidan Kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tatbiq etish.

 

Kompaniya faoliyati bo‘yicha to‘liq ma’lumot quyidagi linkda to‘liq keltirilgan: https://www.cybergamp.com/